Dengiz yulduzlari

11 Iyul 2024
Foto: Unsplash
Foto: Unsplash

Iyul oyining dengiz mavzusini qo‘llab-quvvatlagan holda Elle dengiz dunyosi vakillari orqali 12 ta burj belgilarini kashf etadi.

Dengiz – bir element ikkinchisisiz yashay olmaydigan ajoyib ekotizim. Har bir dengiz jonivorining o‘z go‘zalligi va kuchi bor hamda ular birgalikda ajoyib suv osti dunyosini tashkil qiladi.

Agar burjning har bir belgisi dengiz unsurining namoyandasi, uning kuchli sifatlari va xarakter xususiyatlari esa suv osti dunyosidagi xatti-harakatlarning xususiyatlari ekanligini tasavvur qilsak, bizda shunday manzara hosil bo‘lgan bo‘lar edi.

Qo‘y – Akula

Foto: Unsplash, Jackob Owens

Foto: Unsplash, Jackob Owens

Jasorat akulalar xatti-harakatining eng yorqin individual xususiyati bo‘lib, suvda yashovchi boshqa jonzotlardan farq qiladi. Journal of Fish Biology jurnalida chop etilgan yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot ma’lumotlari shunday. Xo‘sh, bu yerda Qo‘yning hayotdagi shiorini qanday eslamaslik mumkin. "Asosiysi urishishga kirishish. Rejani urushning o‘zi ko‘rsatadi."

Akulalar doimo harakatlanishga majbur va deyarli uxlashmaydi. Ko‘pincha ular 8 km/soat kreyser tezligida harakatlanadilar, ammo ov paytida ular 60 km/soat tezlikka erisha oladilar. To‘g‘ri, keyin Akulada navbatdagi hujumiga qadar sekin yurish davri boshlanadi.

Reaksiyaning to‘g‘riligi, shiddatliligi va yashin tezligidaligi atrofda xavotir uyg‘otadi. Qo‘y-Akula qulay sharoitda ancha moslashuvchan va hatto do‘stona bo‘lishi mumkin, ammo bu do‘stonalik ostida har qanday vaqtda uyg‘onishga qodir bo‘lgan "yirtqich" yashiringanini unutmaslik kerak.

Buzoq – Kit

Foto: Unsplash, Chinh Le Duc

Foto: Unsplash, Chinh Le Duc

Ehtiyotkor va xotirjam Kit o‘zining o‘lchamlari bilan odamni qo‘rqitadi va haqli ravishda sayyoradagi eng yirik hayvon deb tan olingan. Kit suv ostida uzoq vaqt tura oladi, ahyon-ahyonda havodan nafas olish uchun yuqoriga ko‘tariladi. Buzoq ham o‘z fikr va his-tuyg‘ularini uzoq vaqt yashirib yurishi va ko‘p vaqt sokin va harakatsiz bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Buzoq-Kitlar juda ta’sirlanib ketgan va to‘planib qolgan gaplarni aytishga qaror qilganda daqiqalar yanada yorqinroq ifodalanadi. Ko‘pchilikni to‘lqin olib ketishi mumkin.

Buzoqlar singari kitlar ham an’analarni va qarindoshlik aloqalarini hurmat qiladilar. Tadqiqotlarga ko‘ra urg‘ochilari ko‘payish davrida barcha dengizlarda bir xil "qo‘shiqlar"ni "kuylashadi" va bu "qo‘shiqlar" uzoq yillar davomida rivojlangan va to‘dadan to‘daga o‘tgan.

Egizaklar – Ilonbaliq

Foto: Unsplash, Nik Demidko

Foto: Unsplash, Nik Demidko

Ilonbaliq ham xuddi Egizaklar kabi, yo baliq, yo suvilon. Burj vakillarida bo‘lgani kabi, unda o‘nlab turli xil shaxslar (ismlar) mavjud - "ilonbaliq," "chirmoviq," "abjir," "qumbaliq." Harakatchan Ilonbaliq jonli temperamenti bilan ajralib turadi, muloqot qilishni yaxshi ko‘radi, ko‘pincha faol faoliyatdan to‘liq harakatsizlikka o‘tadi. Ilonbaliqlar tungi baliqlar bo‘lib, kunning qorong‘i vaqtida maksimal darajada faol bo‘lishadi. Egizaklarni tungi klublardan, Ilonbaliqni esa tungi daryo va ko‘llardan tutish yaxshiroq.

Qovurg‘a va suyaklarning yo‘qligi Ilonbaliqni harakatchan va tashqi muhitning har qanday sharoitiga moslashuvchan qiladi. Ko‘pincha ovqatlanish uchun Ilonbaliq katta baliqqa yopishadi, shuningdek, ko‘plab Egizaklar katta kompaniyaning kommunikatsiya markazida iloji boricha qulay ishlaydilar.

Qisqichbaqa – Midiya

Foto: Unsplash, Alejandro Pinero Amerio

Foto: Unsplash, Alejandro Pinero Amerio

Mediya – tabiiy filtr. Ular dengiz suvini o‘zlaridan o‘tkazib, uni ifloslanishdan tozalaydi, shu bilan birga o‘zlarida toksinlarni to‘playdi. Shu sababli vaqt-vaqti bilan chig‘anoqqa yashirinish va tashqi dunyodan ajralish istagi paydo bo‘ladi.

Tashqi dunyo midiyalar uchun alohida ahamiyatga ega emas. Ko‘pincha ular qishloqlarda yashaydilar va o‘zlariga o‘xshaganlar bilan muloqot qiladilar. Juda serpusht: bitta urg‘ochisi urchish paytida suvga 5 milliondan 20 milliongacha ikra tashlaydi, ulardan bir kundan keyin lichinkalar paydo bo‘ladi.

Ro‘zg‘orparvar Midiya hamma narsani o‘z uyiga tashiydi. Oila va jamoa ushbu tur va shuningdek, Qisqichbaqa burji vakillari uchun asosiy qadriyatdir.

Arslon – Meduza

Foto: Unsplash, Florian Olivo

Foto: Unsplash, Florian Olivo

Meduza eng chiroyli baliqlar orasida paydo bo‘lishi bilanoq butun diqqat-e’tiborini o‘ziga qaratadi. Xuddi Arslon burjining vakillari kabi. Ularni payqamaslik va eslab qolmaslik mumkin emas. Meduzaning tashqi ko‘rinishi yorqin, u ham xuddi Arslonlar kabi o‘ziga oro berishni yaxshi ko‘radi.

Meduzalar impulsiv va tez reaksiyaga kirishadi. Ular nishining nishonga tegishi uchun atigi 700 nanosekund kerak bo‘ladi. Shu tufayli u haqli ravishda hayvonot olamidagi eng yuqori tezlikka ega deb tan olingan.

Meduza faqat suv muhitida yashay oladi. Uning tanasi go‘yo dushmanlardan himoyalanish uchun yaratilgandek. Doimiy hujumni kutgan Meduza ko‘pincha kerak bo‘lmagan paytda ham nishini uradi. Xuddi u kabi Arslon burj vakili ham bir so‘z yoki keskin fikr bilan tishlab olishi va atrofdagilarning qalbida chuqur yara qoldirishi mumkin.

Parizod – Kambala

Foto: Unsplash, Karl Callwood

Foto: Unsplash, Karl Callwood

Baliq – suv saltanatining josusi, o‘ziga xos xameleoni. O‘zining ajoyib qobiliyati tufayli u har qanday muhitga moslasha oladi.

Dushmanlardan yashirinib, Kambala dengiz tubiga singib ketadi. Yuqorida bo‘layotgan narsalarni bir ko‘z bilan kuzatish noqulay, shuning uchun baliqning pastki yonboshida joylashgan ko‘zi asta-sekin yuqoriga, yuqori yonboshiga siljiydi.

Sunbula belgisining vakillari kompaniyada sezilmasligi mumkin, ammo haqli ravishda eng yaxshi razvedkachilar sifatida tan olingan. O‘zlarining sinchkovligi, kuzatuvchanligi va kuchli xotirasi tufayli ular ishonch qozonib, ajralmas xodimlar va sodiq do‘stlarga aylanishadi.

Tarozi – Dengiz yulduzi

Foto: Unsplash, David Clode

Foto: Unsplash, David Clode

Okeanning tashrif qog‘ozi va ramzi. Dengiz yulduzi burjning eng nafis belgisini ifodalashga loyiqdir. Uning jozibadorlik san’atidagi muvaffaqiyati haqida bahslashish qiyin. Ayni paytda, hamma ham dengiz yulduzi yirtqich ekanligini va go‘zal jonzot niqobi ostida juda xavfli dengiz jonzotini yashirishidan xabardor emas.

Tarozilarning tanlov borasidagi cheksiz shubhalarini dengiz yulduzi go‘zal oyoq-qo‘llari orqali hal qiladi. Dengiz yulduzining harakati va tanlovini asab tizimi tartibga soladi. Agar bir a’zodagi retseptorlar ovqatni aniqlasa, bu a’zo dominant bo‘lib, butun tanani nazorat qiladi. Bunday tanlovda ozgina tahlil mavjud, shuning uchun siz shubhalaringizni to‘xtatmasdan, impulsga asoslangan holda harakat qilishingiz kerak.

Ajablanarlisi shundaki, dengiz yulduzi yo‘qolgan qo‘llarini qayta tiklashi mumkin, bu, ayniqsa, dengiz yulduzi yirtqichlardan yaralangan paytda foydali bo‘ladi. Tarozi yulduz turkumi vakillari singari, tabiiy optimizm va hayotga muhabbat tufayli ular eng og‘ir zarbalardan qutula oladilar. To‘g‘ri, dengiz yulduzi misolida buning uchun yillar talab qilinishi mumkin.

Chayon – Piranya

Foto: Unsplash, Anton Darius

Foto: Unsplash, Anton Darius

 Dengizlarning bu shafqatsiz yirtqichlaridan boshqa yana qaysi jonzot Chayonning timsoli bo‘lishi mumkin? Piranyaning psixologiyasi uning yashash joyi – Mariinskiy xandaqi kabi chuqurdir.

Piranyaning ajoyib hid bilish sezgisi bir necha kilometr uzoqlikdagi suvga tushgan bir tomchi qonni hidlash imkonini beradi. Chayonning kuchli sezgisi unga odamlarni his qilish va voqealarni oldindan bashorat qilish imkonini beradi.

Piranyaning tasviri, xuddi Chayonniki kabi mish-mishlar va dahshatli hikoyalar bilan buzilgan. Ayni paytda, bu baliqlar faqat och qolganda hujum qilishadi. To‘q bo‘lishganda esa, ular hatto yaqindagi o‘ljaga ham e’tibor bermaydilar. Xuddi shuningdek, Chayonga tegmasangiz, u ham sizni chaqmaydi. Agar xafa qilsangiz, undan ham yaxshilik kutmang. Javob darhol keladi. Chayonlar xuddi katta yoshli buqani ikki daqiqada yutib yuboradigan och piranyalar suruviga o‘xshaydi.

O‘qotar – Skat

Foto: Unsplash, David Clode

Foto: Unsplash, David Clode

Dengiz muhitidagi eng maqsadli burj belgisi Skatning ta’sirchan ko‘rinishi va g‘ayrioddiy qobiliyatlariga ega.

Elektr skat tok kuchi 30 amperdan ortiq bo‘lgan elektr energiyasi va 220 voltdan yuqori bo‘lgan kuchlanish bilan zarba berishga qodir. Bir zarbaning o‘zi bitta katta va sog‘lom odamni osongina falaj qilishi mumkin. Xuddi shunga o‘xshab, maqsadi sari intilayotgan O‘qotar yo‘lida uchragan to‘siqlar muzini sindirishga qodir. Agar nishon yo‘qolsa yoki yonmasa, O‘qotar-Skat dengiz suvlarida dangasalik bilan aylanib yuradi, asta-sekin tushkunlik tubiga cho‘kadi.

Skatlar odatda tinch va odamlarga nisbatan mehribon. Agar u najot yo‘lini to‘sib qo‘yadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidni his qilsa, hujum qilishi mumkin. Shunga o‘xshash xatti-harakatlar odatda O‘qotarlarni xarakterlaydi.

Tog‘ echkisi – Dengiz otchasi

Foto: Unsplash, David Clode

Foto: Unsplash, David Clode

Dengiz otlari ishchilari sabrli va sekin jonzotlardir. Hukmdori Saturn bo‘lgan Tog‘ echkilari singari, ular sekin suzadilar, lekin uslubiy ravishda maqsadlariga qarab harakat qilishadi.

Ajoyib fakt. Dengiz otlarining oshqozoni yo‘q. O‘lja iste’mol qilingandan so‘ng darhol undan foydali moddalar so‘riladi va chiqindilar chiqariladi. Ma’lum bo‘lishicha, dengiz otining butun hayoti o‘ljani qo‘lga olish va uni singdirish bilan o‘tar ekan. Ular, xuddi Tog‘ echkilari kabi juda qattiq mehnat qiladilar: dengiz otlarining orqa qanoti soniyada o‘rtacha 30 ta harakat qiladi.

Tog‘ echkilari – burjning eng sodiq belgilaridan biri. Xuddi dengiz otlari singari, ular o‘z juftini topsalar, ulardan hech qachon ajralmaydilar. Bunday holda, ayol erkakni tanlaydi. Lekin bu boshqa hikoya.

Qovg‘a – Kapalak-baliq

Foto: Unsplash, David Clode

Foto: Unsplash, David Clode

Kapalak baliq o‘zining go‘zal qanotlari yordamida o‘ljani havoda ushlash uchun suvdan sakrab chiqadi. Bu Qovg‘aning erkinlikka erishish, urf-odatlar va noto‘g‘ri qarashlardan xalos bo‘lish kabi asosiy istaklarini tasdiqlaydi.

Kapalak-baliqlari xuddi Qovg‘a burji vakillari kabi, atrofda sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z nuqtai nazaridan qarashga, haqiqatni hech kim ko‘ra olmaydigan tarzda ko‘rishga qodir. Kapalak-baliqlari atrofidagi vaziyatni burchak ostida, yuqoridan pastga qarab kuzatishning noyob qobiliyatiga ega. Hozircha bu jonzotlar faunaning bunday g‘ayrioddiy ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lgan va buning uchun miyasi yetarlicha rivojlangan yagona vakilidir.

Ko‘pincha faunaning bu vakillari yolg‘iz suzadilar va ovlaydilar, ular o‘z erkinliklarini Qovg‘a kabi juda himoya qiladilar. Ammo juftlashgan kapalaklar ham bor. Bunday baliqlar kamdan-kam hollarda to‘da bilan birlashishadi. Ular mukammallik va raqobatdan qochishadi.

Baliq – Delfin

Foto: Unsplash, Adam Berkecz

Foto: Unsplash, Adam Berkecz

Delfinlar, xuddi Baliqlar kabi, tabiatan hamdardlik va g‘amxo‘rlik uchun dasturlashtirilganga o‘xshaydi. Ular odamlarni qutqaradi va davolashadi, dengizchilarni xavf haqida ogohlantiradilar va muloqot qilishni yaxshi ko‘radilar.

Baliqlar, eng sezgir burj vakili sifatida, kuchli ichki sezgi va voqealarni oldindan bilish qobiliyatiga ega. Delfinlarning mutlaqo o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular ultratovush qurilmasi kabi odamning "ichiga qarashi" mumkin: masalan, ular homiladorlikni tezda aniqlaydilar. "Yangi hayot" hissi delfinlarni hayajonga soladi, ular homilador ayollarga katta qiziqish va quvonch bilan munosabatda bo‘lishadi.

Delfinlar, xuddi Baliqlar kabi, juda ishonuvchan va odamlarni xursand qilishga intiladi. Bu ularga shafqatsiz hazil qilishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Baliqlarning mehribonligidan ko‘pincha ochiq-oydin ravishda foydalanishadi, ba’zida ular o‘z manfaatlarini qurbon qilishga majbur bo‘ladi. Baliq yulduz turkumi vakillarining asosiy vazifasi "Yo‘q" deyishni o‘rganishdir.

Har bir burj belgisi dengiz hamjamiyatida o‘z sherigini topdi. Osmonda, dengizda va yerda hammamizga muhim bo‘lgan uyg‘unlik uchun yagona ekotizimga bog‘langanmiz.

Maqolani baham ko'ring