Munajjimlar ustunu

06 Iyul 2024
Foto: Unsplash
Foto: Unsplash

Yangi odam bilan tanishiganimizda, koʻpincha "Sizning burjingiz nima?" deb so‘raymiz.

Ajablanarlisi shundaki, bu tasodifiy savolga javob, bizning suhbatdoshimizga oʻzgacha nazar bilan qarashga undaydi.

Astrologiyaning hayotingizda qanday rol o‘ynashi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? U sizning atrofdagilar bilan boʻlgan munosabatlar, muloqotlar va rejalaringizga qanchalik ta'sir qiladi? Javob berishga shoshilmang. Hattoki nari ketgan skeptik ham hayotida bir marotaba boʻlsa da, oʻz burji tavsilotlari bilan tanishgan. Hech bo‘lmaganda uning salbiy xususiyatlari bilan bahslashish uchun.

Munajjimlar bashorati jiloli jurnallarda va mashhur veb-saytlarda eng ko‘p o‘qiladigan sahifalar qatoriga kiradi.

Ushbu faktni hisobga olgan holda, biz ELLE O‘zbekiston o‘quvchilarining umidlarini qondirish uchun, qo‘limizdan kelganini qilamiz. Shu bilan birga, biz astrologiyaning chuqurligini, uning usullari va yondashuvlarining xilma-xilligini ko‘rsatmoqchimiz.

Har bir burj belgisi uchun, har hafta qo‘shimcha ravishda, muhim astrologik voqealarni yoritamiz: tutilishlar, sayyora retrogradlari, sekin harakat qiluvchi sayyoralarning sezilarli o‘tishlari va boshqa muhim o‘zgarishlar.

Bizning maqsadimiz astrologiya nafaqat munajjimlar bashorati bo‘lib qolmay, balki, u hayotingizning har bir sohasini tushunishga yordam beradigan ajoyib vosita ekanligini koʻrsatish.

Onalik davrida siz qanday ona ekanligingizni, ota-onalarni tarbiyalashda qanday strategiyalardan tez-tez foydalanayotganingizni, sizning kuchingiz qanday ekanligini va nima ustida ishlashingiz kerakligini tushunish uchun kerak.

Yaqin kunlarda ELLE O‘zbekiston jurnalida chiqadigan maqolalar farzandingizning iqtidorini kashf etishda va ularga muvofiq bo‘lim tanlashda yordam beradi. Biz munosabatlar, moliya, moda va psixologiya mavzularini astrologik filtrdan o‘tqazamiz. Munajjimga savol berish va undan javob olish imkonini beruvchi interaktiv ish tushirish rejalashtirilmoqda.

ELLE O‘zbekiston munajjimlar bashorati bo‘limida astrologiyaning turli yo‘nalishlari: G‘arbiy, Sharqiy, Xitoy va boshqalar haqida gapiramiz. Keling, ularning tarixi, o‘xshash va farqli tomonlarini ochib beraylik. To‘g‘ridan-to‘g‘ri munajjimlik bilan bog‘liq ko‘plab ta'lim, tarbiya, falsafiy, psixologik va faqatgina ayollar uchun bag‘ishlangan kontent bo‘ladi.

Ushbu bo‘limning maqsadi astrologiyaning chuqurligi va kuchini ko‘rsatishdir. Oʻzingizni va yaqinlaringizni yaxshiroq bilib olish uchun muhim bilimlarni baham ko‘ring

Maqolani baham ko'ring