Role model

Xayriya bilan shug‘ullanuvchi 8 nafar top-model

11 Iyun 2024

Modellar moda olamida o‘zini ko‘z-ko‘z qilish bilan cheklanadigan zamonlar o‘tib ketdi. Chegaralar kengaydi, endi go‘zallik maʼbudalari dunyo miqyosida muhim ijtimoiy o‘rinni egallashmoqda. Biz ham ichki, ham tashqi go‘zallik tomonlama havas qilishga arziydigan 10 nafar modelni yig‘dik.

Kristi Tarlington 

90-yillarning maʼbudasini XX asrning eng maftunkor ayollaridan biri deyishadi, ammo Kristi Tarlingtonning xizmati faqat tashqi ko‘rinish bilan cheklanmaydi. 1992-yili Kristining hayvonlarni himoya qilish tashkiloti bo‘lgan PETA bilan hamkorlikdagi reklama kampaniyasi chiqdi. Kristi og‘ir tug‘ruqni boshidan kechirgandan keyin tug‘ruq va homiladorlik bilan bog‘liq o‘lim sonini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi Every Mother Counts xayriya tashkilotiga asos soldi. 

 

Dautsen Krez

Supermodel va Victoria‘s Secret farishtasi, asli niderlandiyalik bo‘lib, Afrikada hayvonlarni himoya qilish tashkiloti “Knot on my planet” bilan ijtimoiy loyihani amalga oshiradi, shuningdek, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi va OIV-infeksiyasi kasalligidan himoya vositalari haqida maʼlumot beruvchi Dance4life loyihasiga homiylik qiladi. 

Karli Kloss

Podiumlar va rangin jurnallar sevimlisi Karli Kloss kasbini ona shahridagi xayriya namoyishidan boshlagan, shundan keyin moda haftaligiga Nyu-Yorkka taklif qilingan. Natalya Vodyanova bilan birgalikdagi xayriya yarmarkasidan tashqari Karli dasturiy kodlashni istovchi qizlar uchun “Kode with Klossy” bolalar oromgohini ochdi.

 Ona bo‘lgach esa murakkab hayotiy vaziyatlarda onalarga yordam beradigan birthFUND fondini tashkil etdi. 

Toni Garrn

Nemis supermodeli Toni Garrn nafaqat karyerasi va shaxsiy hayoti, balki xayriya ishlaridagi muhim o‘rni bilan mashhur. Toni Garrn Foundation fondiga asos solgach, model Afrikada qizlarning taʼlim olishi borasida yordam berib kelmoqda. 

Advoa Aboa

Ingliz-afrika tomirlarga ega yorqin model Advoa Aboa yoshligidan ko‘p yillar davomida giyohvand moddalarga qaramlik bilan kurashib kelgan va ruhiy buzilishlardan davolangan. Shundan keyin Gurls Talk nomli xayriya tashabbusini tashkil etishga qaror qilgan, unda qizlar ruhiy buzilishlar, qaramlik yoki kamsitilish masalalarida o‘z muammolarini so‘zlab berishadi. Hammasi onlayn platformadan boshlangan, ammo tez orada offlayn uchrashuvlar va maʼruzalargacha kengaygan. Bunda uni yulduzli dugonalari qo‘llab turishadi.

Liya Kebede

Efiopiyalik supermodel Liya Kebede vatani ravnaqiga xayriya orqali katta hissa qo‘shib kelmoqda. Lemlem fondiga asos solish orqali Liya tug‘ruq vaqtida bolalar va onalar o‘limini kamaytirishga ko‘maklashmoqda. Efiopiyada tug‘ruq sharoitlari g‘arb va Yevropa mamlakatlaridan sezilarli farq qilgani, yosh onalar zarur tibbiy xizmatga ega bo‘lmaganliklari sababli tug‘ruq vaqtida infeksiya yoki asoratlar tufayli o‘lim ko‘rsatkichi juda baland. 

Jizel Byundxen

Braziliyalik Jizelni nafaqat supermodel va tabiiy go‘zallik targ‘ibotchisi, balki filantrop sifatida ham bilishadi. Save the Children va Qizil xoch kabi tashkilotlardagi ishidan tashqari Jizel BMTning tinchlik elchisi hisoblanadi. Ambassador sifatida model Braziliyada o‘rmonlarning yo‘q bo‘lishini to‘xtatish uchun minglab daraxtlarni ekish aksiyalarini tashkil qildi, shuningdek, o‘sib kelayotgan avlod sayyoramizga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishi uchun Jizel maktablarda iqlim o‘zgarishi haqida maʼruzalar o‘qiydi. 

Naomi Kempbell

Moda olamining “qora panterasi” mashhurligidan foydalanib, dunyoga ko‘plab xayriya ishlari bilan yordam beradi. 90-yillarning oxirida Naomi “Oqqush” nomli kitobini yozgan va undan tushgan mablag‘ni Somalidagi Qizil xoch tashkilotiga o‘tkazgan. Supermodel bu bilan cheklanmagan, Kempbell kambag‘al davlatlarda maktab va bolalar bog‘chalari qurilishiga doimo mablag‘ yig‘adi, shuningdek, Dalay-lama bilan hamkorlik qiladi hamda ko‘plab xayriya kechalarini tashkil etadi. Bundan tashqari, Naomi Qirolicha Yelizaveta II ning The Queens Commonwealth Trust xayriya tashkiloti ambassadori hisoblanadi. 



Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin