WHO WHAT WEAR: Moc fest

Festivalda mehmonlarning obrazlarida qanday tendensiyalar kuzatildi

Festivallar – tadbirning ijodiy qismiga uyg‘un kiyinish, olomondan ajralib turish va shunchaki o‘z fantaziyangizga erkinlik berish uchun doimo ajoyib fursat. Biz Coachella, Glastonbury va Tomorrowland kabi xalqaro festivallardagi obrazlarni kuzatishga o‘rganib qolganmiz. Toshkent ham o‘z mavqeyini yoqotmagan holda va yirik miqyosdagi musiqa tadbirlari sohasiga tobora chuqurroq kirib bormoqda.

Etnik bezaklar

Qaysi bir festival etnik motivlarsiz bo‘lishi mumkin? Agarda g‘arb tomonlarda bu boho va xippi uslubi bo‘lsa, bizda – bosh va bo‘yinga taqiladigan turli xil taqinchoqlardir. Sofitlar yog‘dusi ostida yaltiraymiz, musiqa ohangiga mos jaranglaymiz va zamonaviy Sharq parisi obrazini targ‘ib qilamiz.

Tugunchalar bog‘lanadi

Qiyiqcha ro‘molchalar allaqachon urfga aylanib ulgurgan, ammo o‘zbek koloriti bu odatiy aksessuarga yangicha talqin olib keladi. Yorqin ranglardan cho‘chimaymiz va ularni boshda ham, belda ham bemalol taqib yuramiz.

Ekofaol yoshlar

Festival mehmonlari orasida ongli foydalanishga intilish tendensiyasi kuzatildi: plastik paketlar o‘rniga eko sumkalar. Zamonaviy, qulay va ekologik toza.

fotо: Amir Melikov

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin